Zenit Tech Group

Imtihonga tayyorlanish va dasturlashni o‘rganish uchun platformalar yaratamiz

Loyihalarni ko‘rish Sinab ko‘rish

Abituriyentlar imtihonga tayyorlanadi, dasturchilar olimpiada masalalarini yechadi. 2 ta platforma ishlayapti, 4 tasi yo‘lda.

Ekotizim

Har bir platforma o‘z auditoriyasi uchun qilingan.

Loyihalar

mockland.uz bosh sahifasi: “Imtihon kuni hech narsa sizga yangilik bo‘lmasin” sarlavhasi va DTM matematika javoblar varaqasi
mockland.uz telefonda

MockLand

mockland.uz

Rasmiy formatdagi mock testlar: o‘sha vaqt, o‘sha tuzilma, o‘sha baholash.

9 480savol

5imtihon turi

4til

  • Server taymeri, avtosaqlash
  • Har savol bo‘yicha tahlil
  • Writing: AI + mutaxassis
  • Xatolar daftari: 1, 3, 7, 21 kun
  • O‘quv markazlariga subdomen
  • Ota-onalarga Telegram hisobot

Saytni ochish Telegram bot

Savollar bazasi: 9 480 ta
  • DTM4 681
  • Milliy sertifikat2 945
  • IELTS1 339
  • TOPIK I420
  • Pedagoglar attestatsiyasi95

Keyingisi: SAT, TOEFL, Goethe-Zertifikat va Prezident maktablariga tayyorgarlik.

cpclub.uz bosh sahifasi: “Sport dasturlashni shu yerdan boshlang”, mavzular va ICPC kurslari ro‘yxati
cpclub.uz telefonda

CP Club

cpclub.uz

Sport dasturlash: masalalar, olimpiadalar va kurslar.

2 912masala

17olimpiada

4kurs

  • Brauzerda kod muharriri
  • Soniyalarda verdikt
  • C++, Python, Java, JS, Go
  • ICPC qoidalarida olimpiadalar
  • 4 xil masala turi
  • Kurslar va reyting

Saytni ochish Masalalar ro‘yxati

26 mavzu bo‘yicha masalalar soni

Kirish-chiqarishFFT va optimallashtirish

Mavzular o‘quv tartibida, oddiydan murakkabga. Eng ko‘pi dinamik dasturlashda: 267 ta. Bitta masala bir nechta mavzuga kirishi mumkin.

Yo‘l xaritasi

Hozir nima ishlayapti va keyin nima keladi.

  1. 01 Ishlayapti

    MockLand

    DTM, Milliy sertifikat, IELTS, TOPIK, attestatsiya.

  2. 02 Ishlayapti

    CP Club

    Masalalar, ICPC olimpiadalari, kurslar.

  3. 03 Keyingi

    SAT va TOEFL

    Xalqaro imtihonlar MockLand’da.

  4. 04 Keyingi

    Goethe-Zertifikat

    Nemis tili, A1–C2.

  5. 05 Keyingi

    Prezident maktablari

    Matematika, mantiq, ingliz tili.

Sinab ko‘ring

Platformalarimizda ish qanday borishini shu yerning o‘zida ko‘ring: savolga javob bering yoki yechimni tekshiruvga yuboring.

Bu sahifadagi namuna. Haqiqiy testlar va masalalar mockland.uz va cpclub.uz saytlarida.

mockland.uz/test

DTM, matematika

Savol 1 / 3

03:00

2x + 3 = 11 tenglamaning ildizini toping.

Kompaniya haqida

Zenit Tech Group ta’lim uchun mahsulotlar ishlab chiqadi. Har bir platformaning o‘z auditoriyasi bor, lekin qoida bitta: foydalanuvchi imtihon yoki musobaqada ko‘radigan narsani oldindan, xuddi o‘sha ko‘rinishda ko‘rishi kerak.

Taymer serverda

Sahifa yopilsa yoki internet uzilsa ham vaqt to‘xtamaydi, javoblar darhol saqlanadi.

Xatolar daftari

Xato qilingan savol 1, 3, 7 va 21 kundan keyin qayta beriladi, toki u esda qolguncha.

To‘rt tilda

O‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq.

AI va mutaxassis

Writing’ni AI tez baholaydi, yakuniy ballni mutaxassis qo‘yadi.

Ilovasiz

Telefon yoki kompyuter brauzerida ochiladi.

Bir necha soniyada verdikt

CP Club yechimni yopiq testlarda tekshiradi va vaqt hamda xotira sarfini ko‘rsatadi.

O‘quv markazlari uchun

O‘z subdomeni, o‘quvchilar ro‘yxati, guruhlar va oylik hisobotlar.